Termiz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili tantanali boshlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan yoshlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut rektori A. Hasanov yangi o‘quv yili boshlangani, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni muborakbod etdi.
Yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar va ularning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir davomida faxriy qorovul qo‘shinlari va harbiy orkestr chiqishlari, talabalar tomonidan milliy raqslar hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlari namoyish etildi.
[gallery-31292]
Yangi o‘quv yilining ilk kunida institutda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik darsi» ham tashkil etildi.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida o‘tkazilgan darslarda jadidlarning millat taraqqiyoti, ilm-ma’rifat va ozodlik yo‘lidagi fidokorona faoliyati, shuningdek, qatag‘on qurbonlarining hayoti va taqdiri haqida ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulotlar ochiq muloqot, videolavhalar, savol-javob va talabalar fikr-mulohazalari asosida tashkil etildi. Ularda yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA