Terma jamoaga nomzodlar saralandi
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasiga qarashli “Universal“ sport saroyida kadetlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasiga qarashli “Universal“ sport saroyida kadetlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tomonidan navqiron avlod o‘rtasida mazkur sport turini yanada ommalashtirish, terma jamoalar zaxirasini iqtidorli sportchilar bilan ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan chempionatda qiz va o‘g‘il bolalar 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Asadbek Soataliev, Ahmadjon Solihov, Jaloliddin Mustafoqulov, Ozod Mamadaliev, Sardor Shokirov, Muhammadjon Adhamov, Ixtiyorjon Subonov, Ziynatillo Mahmudjonov, Saidmuhammad Ergashev, Amirxon Hakimov o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida Valeriya Xegay, Saodat Odilova, Aselya Mirzaahmedova, O‘g‘iloy Ibragimova, Laylo Zayniddinova, Shahnoza Kenjaeva, Muhayyo Ro‘ziboeva, Mahliyo Bekturova, Ominaxon Botirova hamda Sabrina Pardaeva mamlakat chempioniga aylandi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.