Tennischimiz Turkiyada chempion bo‘lmoqchi
Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan W15 tasnifidagi nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini Diana Yakovleva juftlik bellashuvlarida himoya qilmoqda.
Yosh tennischimiz ushbu yo‘nalishda neytral tennischi Alisa Vamileva bilan tandem hosil qilib, birinchi davrada hindistonlik Ashmita Esvaramurthi va serbiyalik Klara Vaja duetiga qarshi o‘yin o‘tkazishi belgilangan edi. Biroq Diana va Alisaning raqiblari noma’lum sabablarga ko‘ra bahsga chiqishdan bosh tortgan holda mag‘lubiyatlarini tan oldi.
Shu tariqa, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Diana Yakovleva hamda Alisa Vamileva yarim final ostonasida eronlik Meshkatolzahra Safi va xitoylik Jiayu Xu juftligiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA