Tennischilarimiz shijoati
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) turkumiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turnirida Denis Istomin va Farrux Do‘stov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) turkumiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turnirida Denis Istomin va Farrux Do‘stov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Ikkinchi davrada Denis Istomin germaniyalik Maksimilian Martererni 3:6, 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Farrux Do‘stov rossiyalik Konstantin Kravchuk ustidan 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqaning chorak finalida Denis Istomin rossiyalik Yevgeniy Donskoy bilan, Farrux Do‘stov slovakiyalik Lukas Latsko bilan kuch sinashadi.
Juftliklar o‘rtasidagi chorak final bahslarida Denis Istomin va belaruslik Aleksandr Buriy isroillik Vladimir Ignatik va Xitoy taypeyilik Ti Chenni 6:1, 6:2 hisobida yengdi. Endi yarim finalda D.Istomin va A.Buriy germaniyalik Andre Begeman va Yangi zelandiyalik Artyom Sitakka qarshi kortga tushadi.