Temuriylar tarixi davlat muzeyi yangilandi, raqamlashtirish orqali imkoniyatlar kengaydi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Sohibqiron Amir Temur o‘zining dunyoga mashhur «Temur tuzuklari» asari orqali davlatni boshqarishning huquqiy mezonlarini belgilab berdi. Ilm-fan va madaniyat rivojiga ham beqiyos hissa qo‘shdi. Ikkinchi uyg‘onish davri sanalgan Temuriylar renessansiga asos soldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel – buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
– Sohibqiron tavallud topgan kun nafaqat tarixiy yubiley sifatida, balki milliy o‘zlikni anglash, boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan muhim jarayon sifatida ham alohida ahamiyatli, – deydi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev. – Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Raqamlashtirish orqali imkoniyatlar kengaydi hamda ekspozitsiyalarni yangilash va yaratish ishlari amalga oshirildi.
Muzeyning birinchi qavatida «Buyuk Sohibqiron — Ikkinchi Rennesans asoschisi» mavzusi doirasidagi eksponatlar joy olgan. Ikkinchi qavatga esa sun’iy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri hamda temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar o‘rnatildi. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar hamda xaritalar namoyish qilingan.
Davomi quyidagi videoda.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/5GYW1DAXq2Q?si=zV4LafpFY4-3-xf7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA