“Temurbeklar maktabi”da qizlar ham tahsil olmoqda (+video)
Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”ga 2024 yilda ilk bor qizlarni o‘qishga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Ushbu maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlar uchun Milliy gvardiya tizimidagi tarix muzeylariga ekskursiya tashkil etildi.
Dastlab qizlar Milliy gvardiya markaziy devoni hududida qad rostlagan Xotira maydonida bo‘lib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning qahramonligi va mardligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, yosh mehmonlar Milliy gvardiyaning tashkil topishi hamda taraqqiyoti, qahramonlari va tizimda yillar davomida xizmat qilib, uning ravnaqiga hissa qo‘shgan insonlar haqida hikoya qiluvchi noyob tarixiy hujjatlar va eksponatlar bilan tanishdi.
Navbatdagi manzil Toshkent shahar qo‘riqlash bosh boshqarmasida tashkil etilgan muzey bo‘ldi. Bu yerda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi "Qo‘riqlash" xizmati xodimlarining kiyim-kechak va jihozlari, turli davrlarga oid ichki ishlar va qo‘riqlash xizmati xodimlarining fotosuratlari, hujjatlar va shaxsiy buyumlarni tomosha qilib, qo‘riqlash sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ularning xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati bilan tanishdilar.
Mazkur ekskursiya o‘quvchi-qizlarda yangi bilimlar olish, Vatan himoyachisi degan mashaqqatli, ammo sharafli kasbga hurmat hissi yuksalishiga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/U0JBM-0kTvU?si=jvXV7_mDiGWCXCKF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
O‘zA