Tashqi bozorda ham xaridorgir
Buxoro shahridagi "Livadiya-Buxoro" xususiy korxonasi saxovatli zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Buxoro shahridagi "Livadiya-Buxoro" xususiy korxonasi saxovatli zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
2011-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur subyektda zamonaviy texnologiya asosida meva-sabzavotlardan 6 turda qayta ishlangan va 30 ga yaqin turdagi quritib qadoqlangan mahsulotlar tayyorlanmoqda. Yigirmaga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan korxona mahsulotlari tashqi bozorda ham xaridorgir.