Taraqqiyotga tushov (+video)
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda soha xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi G‘. Sodiqov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i H. Mamadiyev, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari, tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab ishtirokchilarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlangan mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Unda korrupsiyaning ayanchli oqibatlari ko‘rsatib berildi.
Seminar-muloqotda davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining salbiy oqibatlari, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan korrupsion holatlar, ularni bartaraf etish, tizim vakillari, ayniqsa, rahbar xodimlarning mas’uliyati, javobgarligi, ogohligi xususida atroflicha so‘z yuritildi.
[gallery-20400]
– Ta’lim tizimidagi korrupsion holatlar jamiyatimizdagi eng ayanchli ko‘rinishlardan biridir, – deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev. – Nafaqat tizimni, balki butun jamiyatni izdan chiqaradigan, yurt taraqqiyotiga, yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ushbu illatga qarshi kurashish har bir ziyolining, ayniqsa, tizim rahbarlarining birinchi galdagi vazifasiga aylanishi kerak.
Seminarda mutaxassislar tomonidan mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VXakm23KojA" title="Тараққиётга тушов" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (video va surat), O‘zA