“Taraqqiyot” nomiga mos taraqqiy etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat hokimi Yangi Namangan tumanidagi Sohil mahallasida qad rostlayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida bo‘ldi.
Mebelchilikka ixtisoslashgan mazkur kichik sanoat zonasining umumiy maydoni 10 gektar bo‘lib, kelgusida bu yerda 202,5 milliard so‘mlik 37 ta investitsiyaviy loyiha joylashtiriladi va 4 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
[gallery-20608]
Viloyat rahbari mazkur sanoat hududidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun quruvchilar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ushbu hududda avtomobillarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Sanoat va servis” markazi tashkil qilinmoqda. 2 gektar maydonni o‘z ichiga oladigan mazkur markaz ishga tushgach, 400 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA