Tanlovda yosh arxivchi qizlar bahslashdi
Farg‘onada “O‘zarxiv" agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida ishlovchi yosh xodimalar o‘rtasida “Balli qizlar” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafar ishtirokchi to‘rt shart bo‘yicha o‘z iqtidorni namoyon etdi.
Turli sohalarda mehnat qilayotgan opa-singillarimiz orasida iste’dodli va qobiliyatlilari ko‘plab topiladi. Ular o‘rtasida tanlov va musobaqalarning tashkil etilishi yangi g‘oyalar sari undash, mahoratini oshirish va rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Arxivchi xodimalar o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylangan.
Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov arxiv tizimida ishlayotgan xotin-qizlar o‘z sohasining bilimdoni, oqila va zukko ekanligini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
[gallery-5982]
Arxivchi qizlar o‘z faoliyati, sohadagi yangiliklarni tayyorlab kelgan videorolikda yoritib berdi, savol-javoblarda bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Kulgili intermediyalar o‘tirganlar kayfiyatini tog‘dek ko‘tardi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlarini jonli ijro etdi. Ko‘p sahnalar hali ancha vaqt tomoshabinlar yodidan ko‘tarilmaydigan taassurotlar uyg‘otdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy arxivining katta ilmiy xodimi Zulfiya Hasanova birinchi o‘rinni ko‘lga kiritdi. Namangan viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimi Nafisa Mamadaliyeva ikkinchi, Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimi Ra’noxon Sobirova uchinchi o‘rinni egalladi.
M. Sulaymonov, O‘zA
M. Qodirov olgan surat