Ta’limdan — bandlikka
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi aholini zamonaviy, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish, fuqarolarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Markazda ta’lim jarayoni mehnat bozorining bugungi va istiqboldagi talablaridan kelib chiqib tashkil etilgan. Tinglovchilar zamonaviy kasblarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar orqali egallamoqda.
Ta’lim oluvchilar uchun 100 o‘rinli yotoqxona ham mavjud. Bu boshqa hududlardan kelib tahsil olayotgan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
Ayni paytda markazda 17 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beriladi. O‘quv xonalari va amaliy mashg‘ulot ustaxonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.
[gallery-31435]
Shu bilan birga, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yangi kasblarni joriy etish, mavjud o‘quv yo‘nalishlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA