Ta’lim sayohati maroqli o‘tmoqda
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning London shahrida ta’lim sayohatida bo‘lib turibdi.
Ta’lim sayohatining birinchi kuni doirasida o‘quvchilar Londonning Brunel universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng mahorat darslariga start berildi.
Unda malakali mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy darslar olib borilmoqda. Shuningdek, darslar davomida ta’lim sayohati ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilar uchun “Bin bag shou” tashkil etildi. Unda loyiha qatnashchilari o‘quv qurollari yordamida kiyimlar dizayni ustida ishlashdi hamda o‘z loyihalarini namoyish qilishdi. Ayni damda mahorat darslari davom etmoqda.

Ta’lim sayohati davomida darslar bilan bir qatorda, o‘quvchilar uchun shaharning diqqatga sazovor joylari, xususan Windsor Castle (Vindzor saroyi), Temza daryosi, Oksford universiteti bo‘ylab tur tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.
N.Usmonova, O‘zA