Talabalarda koronavirus alomatlari aniqlanmadi
Uxandan qaytgan 46 nafar tojikistonlik talaba shifokorlar nazoratida karantinda boʻlganidan soʻng uylariga yoʻl oldi.
Uxandan qaytgan 46 nafar tojikistonlik talaba shifokorlar nazoratida karantinda boʻlganidan soʻng uylariga yoʻl oldi.
Talabalarning hammasi Uxanga maxsus yuborilgan “Somon Eyr” aviakompaniyasi samolyotida 11-fevral kuni Ayniy nomidagi harbiy aerodromga olib kelingan edi.
Talabalar salomatligi ustidan monitoring olib borgan Dushanbedagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori oʻrinbosari Toʻraxon Sharifzodaning aytishicha, 15 kun mobaynida biror-bir kishida hech qanday kasallik, jumladan, gripp va koronavirus aniqlanmadi.
Shifokorlarning soʻzlariga qaraganda, talabalar bilan birga karantindan yana 17 kishiga uylariga ketish uchun ruxsat berildi, ular talabalarni Uxandan Dushanbega kelishida hamrohlik qilgan edi.
Tojikiston rasmiylarining bayonotiga qaraganda, koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida chegaralardagi oʻtish punktlarida nazorat kuchaytirildi. Yaqinda Tojikiston rasmiylari Eron, Janubiy Koreya va Afgʻonistondan koronavirus kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida chegaradagi nazoratni kuchaytirdi.