Talabalar yotoqxonasida yongʻin sodir boʻldi
Moskva shimolida joylashgan Rossiya davlat sotsiologiya universiteti yotoqxonasida yuzaga kelgan yongʻin tufayli 600 dan ziyod kishi xavfsiz joyga koʻchirilgan, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Moskva shimolida joylashgan Rossiya davlat sotsiologiya universiteti yotoqxonasida yuzaga kelgan yongʻin tufayli 600 dan ziyod kishi xavfsiz joyga koʻchirilgan, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
“Polesheyeva koʻchasi, 15-uyda yuzaga kelgan yongʻin sababli 630 kishi evakuatsiya qilindi”, degan Moskva favqulodda xizmatlar vakili.
Uning aniqlik kiritishicha, yongʻin tezda bartaraf etilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, favqulodda hodisada jabrlanganlar yoʻq, yongʻin sabablari oʻrganilmoqda.