Talabalar yangi turar joy bilan ta’minlandi
FOTOREPORTAJ
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida oliygoh rahbariyati hamda talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bunyod etilgan mazkur talabalar turar joyi 400 o‘rinli bo‘lib, unda talabalar uchun barcha sharoit yaratilgan.
Zamonaviy yotoqxonada shuningdek, 15 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.
[gallery-20220]
Mehmonlar turar joyda kelajak egalari uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, filialda “Ilg‘or muhandislik maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, ushbu maktabda ishlab chiqarish, dasturlash korxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatiladi. Bunda bitiruvchi talabalarning shu yerda bilim saviyasi va malakasini oshirish, korxona vakillarini jalb etgan holda dual ta’limni rivojlantirish maqsadi ko‘zlangan. Bunday imkoniyatlar universitet talabalarini quvontirishi, aniq.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA