Talabalar harbiy qism faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mas’ullari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari tomonidan talaba-yoshlarda vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat hissini yanada oshirish maqsadida Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
Birinchi kurs talabalari ishtirokida tashkil etilgan ushbu sayohatda harbiy qismning malakali mutaxassislari tomonidan talabalarga harbiy qurol-yarog‘ va qismdagi mavjud samolyot, vertolyotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Sayohat yakunida esa talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, harbiy qism bazasidagi mavjud jihoz va vositalarning ishlash tartibi hamda imkoniyatlari bilan bevosita tanishdi.




Gulnoza Boboyeva, O‘zA