Taekvondochilarimizning medallar shodasi
Avstraliyaning Sidney shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan “Avstraliya open – 2014” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Avstraliyaning Sidney shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan “Avstraliya open – 2014” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Dunyoning 35 mamlakatidan 600 nafarga yaqin sportchi qatnashgan nufuzli musobaqada taekvondochilarimiz bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Nikita Rafalovich o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Yana bir mahoratli sportchimiz Dmitriy Shokin ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yosh taekvondochimiz Jasur Boyqo‘ziyev bronza medal bilan taqdirlandi.
Xalqaro turnirda terma jamoamiz a’zolari umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.