Taekvondochilarimizning g‘alabali odimlari
Turkiyada an’anaviy "Turkish Open" xalqaro musobaqasi taekvondochilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning ilk kunida Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi kungi bellashuvlarda Nigora Tursunqulova ham delegatsiyamizga oltin medalni taqdim qildi. Shuningdek, Shohruh Rajabov va Charos Qayumova kabi taekvondochilarimiz bronza medallari bilan taqdirlandi.
Bugun musobaqaning uchinchi kunida mamlakatimiz sharafini Shahboz Tusmatov, Shuhrat Salayev, Nikita Rafalovich, Shohsanam A’zamova hamda Madinabonu Mannopova himoya qiladi. Umid qilamizki, ushbu besh nafar sportchimiz ham shohsupaga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA