Tadbirkorlik rivoji — yurtimiz taraqqiyoti garovi (+video)
Tadbirkorlik iqtisodiyot lokomotividir. Davlatimiz tomonidan erkin tadbirkorlik faoliyatini qaror toptirish, qulay shart-sharoit yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib, soliq imtiyozi berish, kredit va yer ajratish hamda boshqa masalalardagi imkoniyatlar bugun o‘z natijasini berayotir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda tadbirkorlarning huquqiy kafolatlariga bag‘ishlangan muhim normalar belgilangani ularning huquqlari va manfaatlari bevosita ta’minlanishi uchun imkon yaratdi.
Sohadagi keng imkoniyatlar natijasida mamlakatda tadbirkorlar safi kengayib, xalqaro doiraga chiqmoqda. Ilg‘or korxonalar chet eldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ olib kela boshladi. Mohiyatan qaraganda, yurt iqtisodiyoti taraqqiyoti bevosita investitsiya oqimiga bog‘liqligi yaqqol ayon bo‘ladi. O‘zbekistonda bu borada ham huquqiy, ham amaliy jihatdan ko‘lamli ishlar qilinayotgani yurtimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, investitsiya oqimini ko‘paytirishga zamin yaratadi.
Har qanday soha yoki tarmoq unga kiritiladigan sarmoya tufayligina rivojlana boradi. Yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar esa mamlakatning yanada taraqqiy etishi, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari ochish, pirovardida odamlarning turmush tarzini, hayotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/p8s_Bf9qqco?si=QwSQTb9Q9oFtaTe6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA