Tadbirkorga 10 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi
Biznes-ombudsman tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Jizzax filialining shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun Zafarobod tuman tibbiyot birlashmasidan qarzdorlikni undirib berishni so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jamiyat va birlashma o‘rtasida 10 945 ming so‘mlik matbuot nashrlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Jamiyat tomonidan shartnoma shartlari bajarilganligi tegishli hujjatlarda o‘z tasdig‘ini topgan.
Biznes-ombudsmanning Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi natijasida Zafarobod tuman tibbiyot birlashmasidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ foydasiga bajarilgan ishlar uchun 10 945 ming so‘m qarzni undirib berish belgilandi.
Ma’lumki, Biznes-ombudsmanning amaliyotida davlat organlari tadbirkorlardan qarzdor bo‘lish holatlari ko‘p aniqlanadi. Statistikaga ko‘ra, 2021 yilning avgust oyi holatida Biznes-ombudsmanning faoliyati natijasida sudlar orqali tadbirkorlar foydasiga 7, 8 milliard so‘mlik mablag‘lar davlat organlaridan undirilishi belgilangan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA