Tadbirkor koʻpaysa, xalq boy boʻladi
Prezidentimizning 2018-yil 11-sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Fargʻona viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 11-sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Fargʻona viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda.Respublika ishchi guruhi tomonidan tuman va shaharlarda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar boʻlib oʻtdi. Viloyat Tadbirkorlar markazida boʻsh turgan bino va yer maydonlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
Tadbirkorlarga istiqbolli loyihalarini roʻyobga chiqarishi uchun har tomonlama koʻmaklashish maqsadini koʻzlagan bunday amaliy saʼy-harakatlar koʻlamini oshirishga eʼtibor ortayotganidan ishbilarmonlar mamnun.
