Tabiiy ofatlar mavzusiga bag‘ishlandi
13 oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani uyushtirildi.
Respublikamizda tabiiy ofatlarni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinadi, jumladan, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan nafaqat oktyabr oyi, balki butun yil davomida korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida, ijtimoiy soha obektlarida tabiiy ofatlar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha seminarlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv mashq-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Bu borada har bir davlat tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni korxona yoki davlat tashkilotlarida reja asosida o‘qitish hamda shartnoma bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilingan. Ishchi-xodimlar o‘quv dasturi asosida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib boriladi. Ular sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida harakatlanish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘qitilib, kerakli bilimlarga ega bo‘lishadi, joriy yilning shu kuniga qadar reja asosida 1850 nafar tashkilot, muassasa va korxona, shartnoma asosida tashkilot va korxonaning 1200 nafar ishchi- xodimi o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib, ular tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
[gallery-13975]
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),
O‘zA muxbirlari