Tabiiy ofat takrorlanishi mumkin
Indoneziya hukumati mamlakat fuqarolarini sunamining takrorlanishidan ogohlantirdi, deyiladi ”Antara“ agentligining mamlakatdagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha Milliy boshqarma maʼlumotiga tayanib bergan xabarida.
Indoneziya hukumati mamlakat fuqarolarini sunamining takrorlanishidan ogohlantirdi, deyiladi ”Antara“ agentligining mamlakatdagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha Milliy boshqarma maʼlumotiga tayanib bergan xabarida.Eslatib oʻtamiz, shanba kuni mamlakat janubidagi Zond boʻgʻoziga yopirilgan sunami oqibatida yuzlab uylar va ijtimoiy obyektlar vayron boʻlgan. Qurbonlar miqdori 222 kishidan oshgani, 843 kishi jabrlangani va 28 kishi bedarak ketgani maʼlum qilingan.