Sutni qayta ishlash tarmogʻida
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “MNG chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sutni qayta ishlash sexida qatiq va qaymoq mahsulotlari tayyorlanadi.
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “MNG chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sutni qayta ishlash sexida qatiq va qaymoq mahsulotlari tayyorlanadi.Sexda zamonaviy texnologiyalar yordamida kuniga bir tonnadan ortiq sut qayta ishlanib, aholiga hamda buyurtma asosida “Muborakneftegaz” korxonasiga yetkazib berilmoqda.
– Korxonamiz bir nechta tarmoqlarni oʻzida mujassamlashtirgan, - deydi “MNG chorva” MCHJ rahbari Sanjar Qudratov. - Chorva tarmogʻimizda 100 bosh zotli qoramolimiz bor. Ulardan sogʻilgan hamda hududdagi fermer xoʻjaliklaridan qabul qilib olingan sutni qayta ishlaymiz. Chorvachilik tarmogʻini kengaytirish, sexda ishlab chiqarish quvvatini oshirish harakatidamiz. Ayni paytda 45 nafar aholining bandligi taʼminlangan korxonada galdagi rejalar amalga oshsa, ishchilar soni ortadi.

