Surxondaryolik yoshlar hasharda faol qatnashmoqda (+video)
Surxondaryo viloyatida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Hasharning dastlabki kuni vohada 460 mingdan ortiq aholi ishtirok etib, 760 gektardan ziyod maydonni obodonlashtirdi. Joylardan 1 ming 86 tonna maishiy va qurilish chiqindilari olib chiqildi. 240 kilometr ariq va lotok, 3 ming 168 ko‘cha tozalandi. 161 ta qabriston tartibga keltirildi. 144 ta bolalar maydoni ta’mirlandi. 183 ming 134 tup mevali,171 ming 760 tup manzarali daraxt, 347 ming 172 dona gul ko‘chati o‘tqazildi. Kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarning 190 ta uy-joyi ta’mirlab berildi. Yettita yangi bog‘ barpo etildi. Daraxtlarga shakl berish, oqlash, tomorqalarni chopib, tartibga keltirishga ham alohida e’tibor qaratildi.


Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan uch kunlik hasharda viloyat yoshlari faol qatnashib, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kecha vohada 215 mingdan ortiq-yigit qiz ishtirok etib, ariq va lotoklarni tozalash, ko‘cha va xiyobonlarni, qabriston va tashkilot, korxonalar atroflarini tartibga keltirish, ko‘chat ekish va boshqa yumushlarda uyushqoqlik bilan mehnat qildi.Jumladan, hasharning ilk kuni Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Termiz shahar bo‘limi xodimlari mahallalar yetakchilari, mahallalardagi bir guruh faol yoshlar bilan birga Termiz shahridagi Sulton Saodat qabristonini obodonlashtirib, tartibga keltirdi.


–Umumxalq xayriya hasharida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Termiz shahar bo‘limi xodimlari, shahardagi 37 ta mahalla yoshlar yetakchilari, mahallalardagi bir guruh faol yoshlar Sulton Sododat qabristonida hashar tashkil etib, obodonlashtirish ishlarini olib bordik, –deydi Termiz shahridagi Eski shahar mahallasi yoshlar yetakchisi Shavkat Shukurov.¬ –Bu hasharda jamoaviy birgalikda ishlash ko‘nikmasini mustahkamlab, tadbir davomida juda yirik obodonlashtirish ishlari olib borildi. Har bir yetakchi o‘ziga birkitilgan joyni tozalab, obodonlashtirdi., Ko‘chatlar o‘tqazdi. Biz surxondaryolik yoshlarning hasharda faol ishtirok etib, hududlarni yanada obodonlashtirishiga ishonib va tengdoshlarimizni hasharda faol ishtirok etishga undaymiz.
<iframe width="985" height="554" src="https://www.youtube.com/embed/QlnA6F88c2w" title="Surxondaryolik yoshlar hasharda faol qatnashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Umumxalq hayriya hasharining ikkinchi kuni viloyatda 225 mingga yaqin shijoatli yigit-qiz faol qatnashib, hududlarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov (surat, video), O‘zA muxbiri