Surxondaryoda ham erta tongdan test sinovlariga start berildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida ham abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlarini topshirmoqda.
2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davomida viloyatda jami 87 ming 224 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Test sinovlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasi, Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 1-, 2-sport zallari hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti sport zallarida o‘tkazilmoqda.
Jarayonni ochiq, oshkora va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon joyida barcha sharoit yaratilgan.
Test sinovlari 12 kun, ya’ni 25 avgustga qadar davom etadi. 1-smena ertalab soat 8:00 dan 11:00 gacha, 2-smena soat 15:00 dan 18:00 gacha etib belgilangan.
[gallery-18260]
Jamoat tartibini saqlash, sog‘liqni saqlash, sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi, elektr ta’minotiga mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ishtirokida tadbir manzillarida uzluksiz navbatchilik tashkil qilingan. Ota-onalar test jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kuzatishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA