Suriyada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Suriyada prezident saylovi boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 12 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochildi.
Ovoz berish jarayonini turli davlatlardan taklif etilgan jurnalistlar va ekspertlar kuzatib boradi.
Prezidentlik lavozimi uchun amaldagi prezidentdan tashqari, yana ichki muxolifat vakili Mahmud Ahmad Meriy va sobiq deputat Abdulloh Salim Abdulloh ham kurash olib bormoqda.
Suriyannig tashqi muxolifat vakillari prezident saylovida qatnashmasligini e’lon qilgan edi. Ular Suriya Arab respublikasida bo‘lib o‘tayotgan ushbu saylovni noqonuniy deb baholashgan. Suriyadagi saylovni Anqara ham noqonuniy hisoblamoqda va g‘olibni tan olmasligini ma’lum qildi. Germaniya esa o‘z mamlakatida ovoz berishni butunlay taqiqlab qo‘ydi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik sohasi bo‘yicha rasmiy vakili Piter Stano RIA novostiga intervyu bera turib, YeI Suriyada bo‘lib o‘tadigan «erkin adolatli saylovni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi, biroq saylov ular kutganidek bo‘lishiga qattiq shubha bildirayotganini ma’lum qildi.
Dunyo siyosatchilarining Suriyada ovoz berish jarayonida qo‘poruvchiliklar ham amalga oshirilishi mumkin, degan fikrlari o‘z tasdig‘ini topmoqda, chamasi. Mahalliy manbaalarda keltirilishicha, Suriyaning Deraa shahrida saylov kuni portlash sodir etilgan.
Suriyaning Deraa shahrida yuz bergan portlash saylov uchastkasiga yaqin joyda bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Suriyaning amaldagi prezidenti, BAAS partiyasi yetakchisi Xafiz Asad 2014 yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida ham ishtirok etgan edi. O‘shanda u 88 foizdan ortiq ovozga ega bo‘lgandi. Umuman, Bashar Asad 2000 yildan buyon hokimiyat tepasida turibdi.