Suriya: Idlibda qurolli toʻqnashuvlar qayta jonlanmoqda
2011 yilda hukumat harbiy kuchlari hamda muxolifatchi guruhlar nizolari asosida yuzaga kelgan Idlibdagi fuqarolar urushi keyinchalik terror guruhlari taʼsiri ostida yanada kuchayib bordi.
2011 yilda hukumat harbiy kuchlari hamda muxolifatchi guruhlar nizolari asosida yuzaga kelgan Idlibdagi fuqarolar urushi keyinchalik terror guruhlari taʼsiri ostida yanada kuchayib bordi.
8 yildan buyon davom etayotgan ushbu harbiy nizolar mintaqa aholisining turmushini ogʻirlashishi, yuzlab kishilarning qurbon boʻlishi, koʻplab aholining oʻz yurtini tashlab ketishiga sabab boʻlmoqda.
Bu haqda 19 fevral kuni BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bachelet maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, 18 fevral kuni Idlibda amalga oshirilgan ikki qoʻporuvchilik harakati oqibatida 16 kishi halok boʻlgan, 70 dan ortiq aholi jabrlangan.
─ Idlib hamda Shimoliy Halab shaharlari aholisi dahshatli ahvolda yashamoqda, ─ deydi Bachelet xonim. ─ Hozirda mintaqa aholisi ikki olov orasida kun koʻrmoqda. Bir tomondan hukumat va muxolifat guruhi oʻrtasidagi harbiy harakatlar, ikkinchi tomondan esa “Hayot Tahrir ash-Shom” terror guruhi tomonidan tinch aholiga qaratilgan qurolli hujumlar.
2018 yilning sentyabr oyida Rossiya va Turkiya hukumatlari Idlibda demilitarizatsiya hududini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Hukumatga qarshi muxolifat guruhlar hududni tark etgan edi.
Biroq amalga oshirilgan tadbirlarga qaramasdan, mazkur yilning dekabr oyidan Suriyaning Idlib, Hama va Halab viloyatlarida hukumatga qarshi guruhlar bilan birga terror guruhlarining harbiy harakatlari yanada kuchaydi.
Ushbu holatlarni qayd etar ekan, Mishel Bachelet murojaatida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish, barqaror tinchlikni taʼminlash hamda terror guruhlari ustidan gʻalaba qozonishda hukumatning qarama-qarshi tomonlarini oʻzaro birdamlikka chaqirdi.