Superliga: 14-tur kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston "Coca Cola" Superligasining 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki o‘yin keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
"Jar" stadionidagi "OKMK" va "Surxon" uchrashuvida 2:3 hisobi qayd etildi. Shuningdek, Farg‘onadagi "Istiqlol" maydonida o‘tgan "Neftchi" va "Metallurg" uchrashuvida mezbonlar vakili Abbos G‘ulomov 72-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi va ushbu gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Bugun, 30 iyul kuni "Bunyodkor" Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qilsa, "Qizilqum" jamoasi Namanganning "Navbahor" klubini mehmon qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA