Suhrob Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi
Qozog‘istonda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Suhrob Xo‘jayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Suhrob Xo‘jayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.Iqtidorli atletimiz bosqon uloqtirish bahslarida 78,22 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi va 2016-yilgi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini beruvchi me’yorni bajarib, har to‘rtyillikning nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Turnirda hamyurtlarimizdan Sergey Dementev disk uloqtirishda 54,12 metr va yadro uloqtirishda 19,37 metr natija bilan ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi. Timur Xusnulin uzunlikka sakrash bahslarida 7,66 metr ko‘rsatkich qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, ayni paytda yengil atletikachilarimiz tomonidan Olimpiya o‘yinlarining uchta yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Bunga qadar marafonchi Sitora Hamidova va balandlikka sakrash bo‘yicha Svetlana Radzivil Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.