Suhbatjon Niyozov: Har bir murojaat nazoratimizda (+video)
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida Biznes ombudsmanni xabardor qilgan holda 123 ta tadbirkorlik sub’ektida davlat nazorati o‘tkazildi.
Natijada tekshirilgan 857 ta mahsulotdan 731 tasi (85,2 foiz) 3,0 mlrd.so‘mlik (639 ta (87,4 %) oziq-ovqat, 39 ta (5,3 %) qurilish, 12 ta (1,6 %) yengil sanoat, 13 ta (1,7 %) neft-gaz, 12 ta (1,6 %) elektrotexnika, 8 ta (1,0 %) metall, 8 ta (1,0 %) kimyo sanoati) mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standart talablariga (markirovka, saqlash sharoiti, davriy sinovlar, sifat ko‘rsatkichi) nomuvofiqligi, 1872 ta o‘lchash vositalaridan 930 tasi (49,6 %) qiyoslanmaganligi, 47 ta 64,6 mlrd. so‘mlik mahsulot muvofiqlik sertifikatisiz realizatsiya qilinganligi, 38 turdagi 366 mln.so‘mlik mahsulotlar texnik reglament va standart talabida belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga nomuvofiqligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan korxonalarning 114 nafar mas’ullariga nisbatan MJtKning 212, 213 va 214-moddalariga asosan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Qonunchilik talablarini buzilishini oldini olish maqsadida Inspeksiya tomonidan qurilish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi 5513 ta tadbirkorlik sub’ektiga ogohlantirish xatlari va tarqatma materiallari yuborildi.
Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan kabel, kotyol, radiator, xolodilnik, va konditsioner mahsulotlariga rasmiylashtirilgan 298 ta arizalar bo‘yicha tayyorlangan xujjatlar to‘plami kelib tushgan. Bulardan hozirgi kungacha 228 ta arizalar nazoratdan yechildi qolgan 70 tasi nazoratda qolmoqda.
Shuningdek, armatura va metall list maxsulotlariga tayyorlangan 87 ta arizalar bo‘yicha tayyorlangan xujjatlar to‘plami tahliliy o‘rganildi. Bulardan xozirgi kungacha 27 ta arizalarda kamchilik aniqlanmadi, kamchilik aniqlangan 60 ta arizadan 21 tasi kamchiliklar bartaraf etilganligi sababli nazoratdan yechish bo‘yicha xulosa berilgani haqida ma’lumot berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E7_lFNFfh7A" title="Suhbatjon Niyozov: Har bir murojaat nazoratimizda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA