Sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi. Bu haqda kengashning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Andijon viloyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
Namangan viloyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
Surxondaryo viloyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
Farg‘ona viloyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
Xorazm viloyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudyasi (1 nafar).
Toshkent viloyati: Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi sudyasi (1 nafar); Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi (1 nafar); Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar); O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar); Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar).
Toshkent shahar: Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar); Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (6 nafar).
Izoh: Sudyalar oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan va 35 (o‘ttiz besh) yoshdan kichik bo‘lmagan nomzod ariza bilan Sudyalar oliy kengashiga yozma yoki elektron shaklda (omk-kotibiyat@mail.ru) murojaat qilishi mumkin.
Savollar bo‘yicha +99871 215 73 10 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Ariza taqdim etishning oxirgi sanasi 2021 yil 10 yanvar.
O‘zA