Sportsevar yoshlarga keng imkoniyatlar
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabida erkin kurash, milliy kurash, yengil atletika, futbol, shaxmat, suzish, basketbol, voleybol, stol tennisi, badiiy gimnastika, boks, dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabida erkin kurash, milliy kurash, yengil atletika, futbol, shaxmat, suzish, basketbol, voleybol, stol tennisi, badiiy gimnastika, boks, dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.Zamonaviy sharoitlarga ega sport maskanida 1 ming 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda. Yangi yil arafasida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 3 milliard 920 million so‘mlik mablag‘i hisobidan bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan yopiq suzish havzasi sportsevar yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratdi.