Sportsevar yoshlar maskani
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida yoshlarning o‘zlari qiziqqan sport turi bilan malakali murabbiylar rahbarligida shug‘ullanishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Maktabda boks, dzyudo, basketbol, voleybol, o‘zbek jang san’ati, karate-do, kikboksing, qo‘l jangi hamda shaxmat to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 650 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘z mahoratini oshirmoqda.