Sportchilarimizning Osiyo chempionatidani medallar soni 12 taga yetdi
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Xitoyda o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul yakunlandi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqada hamyurtimiz Artur Guliyev C1 yo‘nalishida 200 metr masofada o‘tgan bellashuvlarda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Artur Guliyev C2 tasnifida o‘tgan 500 metr masofadagi juftlik bahslarida Vladlen Denisov bilan tandemda kumush medalga sazovoar bo‘ldi.

Shuningdek, Shohsanam Sherzodova (C1, 200 m), Arina Tanatmisheva (K1, 200 m), Nilufar Zokirova / Shohsanam Sherzodova (C2, 200 m) o‘z yo‘nalishlarida kumush medelga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Arina Tanatmisheva hamda Yekaterina Shubina tandemi K2 toifasidagi 500 metrga o‘tgan poygada bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlaridan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medal jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA