Sportchilarimiz xalqaro turnir g‘olibi
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bolalar, o‘smirlar, xotin-qizlar va kattalar o‘rtasida penchak silat bo‘yicha “Uzbekistan Open – 2014” xalqaro turniri yakunlandi.
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bolalar, o‘smirlar, xotin-qizlar va kattalar o‘rtasida penchak silat bo‘yicha “Uzbekistan Open – 2014” xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqada O‘zbekiston, Malayziya, Singapur, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Sportchilarimizdan Muhammad Rahimov, Asqar Sherboyev, Bour Jonuzoqov, Umid Abdurahmonov, Sherzod Abdug‘aniyev va Dilnoza Latipova Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egalladi.
Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Malayziya va Singapur sportchilari shohsupaning keyingi pog‘onalaridan joy oldi.