Sportchilarimiz “Harbin-2025”da sovrindor bo‘la oladimi?
FOTOREPORTAJ
Bugun “Harbin-2025” qishki Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz biatlon hamda figurali uchish bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dmitriy Chigiriyev hamda Yekaterina Geynish qisqa dasturdagi ishtirokini yakunladi. Murakkab elementlarni ajoyib tarzda ijro etgan sportchilarimiz 64.55 ball jamg‘arishga erishdi.
[gallery-21686]
Hozirda bizning juftlik ushbu mashq yakuni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ertaga erkin dasturdan keyin g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Biatlonchilarimiz Dilmurod Abdurahmonov hamda Rolan Raimqulov Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. 10 km. masofada kechgan sprint poygasida Raimqulov 25-, Abdurahmonov esa 31-natijani ko‘rsatdi.
Qishki Osiyo o‘yinlari 14 fevralga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA