Sportchi oilalar bellashuvi
Samarqandda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida “Otam, onam va men – sportchi oila” an’anaviy sport o‘yinlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Samarqandda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida “Otam, onam va men – sportchi oila” an’anaviy sport o‘yinlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda shahar va tumanlardan ota-ona va ikki farzanddan iborat 16 jamoa to‘pni mo‘ljalga tushirish, estafeta, arqon tortish kabi bir necha shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Bulung‘ur tumanidan Berdiyor Turobov oilasi musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Samarqand shahridan Nodir Rahimov oilasiga, uchinchi o‘rin qo‘shrabotlik Ilhomiddin Niyozov oilasiga nasib etdi.