Sport xabarlari
Qozog‘istonda marafon bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda yigirmaga yaqin davlatdan kelgan 5 ming 600 sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Engil atletika. Qozog‘istonda marafon bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda yigirmaga yaqin davlatdan kelgan 5 ming 600 sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida mahoratli sportchimiz Andrey Petrov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egallagan bo‘lsa, xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda mamlakatimiz vakili Marina Xmelevskaya marra chizig‘iga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
* * *
Tennis. Gollandiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada hamyurtimiz Albina Xabibulina juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.
Musobaqaning final bahsida Albina mezbon tennischi Stefan Vissher bilan birgalikda belgiyalik Debora Kerfs va AQSh vakilasi Kiara Shollga qarshi kortga chiqdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Albina va Stefan raqibalarini 7:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.