Sport xabarlari
Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslarida qatnashayotgan hamyurtimiz Rustam Qosimjonov musobaqaning uchinchi turida gollandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va 1,5 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Stol tennisi. Latviya poytaxti Riga shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz munosib ishtirok etib, ikkita oltin va uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishicha, o‘ndan ziyod davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan mazkur turnirda Maqsud Sultonov va Rimma Gufranova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Islombek Sultonov, Stanislav Tyan va Fotima Hayitboyeva uchinchi o‘rinlarni egalladi.
* * *
Shaxmat. Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslarida qatnashayotgan hamyurtimiz Rustam Qosimjonov musobaqaning uchinchi turida gollandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va 1,5 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Endi hamyurtimiz navbatdagi turda kubalik Lener Dominges Peres bilan bahslashadi.
* * *
Tennis. Polshaning Vrotslav shahrida o‘tkazilayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bahslarini hamyurtimiz Farrux Do‘stov muvaffaqiyatli boshladi. Tajribali tennischimiz yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda germaniyalik Filipp Petsshnerni 7:6, 6:7, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.