Sport xabarlari
Gollandiyaning Eyndxoven shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda taekvondochilarimiz bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Taekvondo (WTF). Gollandiyaning Eyndxoven shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda taekvondochilarimiz bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.Svetlana Osipova 68 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.
Dmitriy Shokin ikkinchi, Jasur Boyqo‘ziyev va Nikita Rafalovich uchinchi o‘rinni egalladi.
* * *
Erkin kurash. Iqtidorli polvonimiz Bahodir Aslonov Rossiyaning Yakutsk shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘ndan ziyod davlatdan 150 sportchi ishtirok etgan turnirda B.Aslonov vazni 96 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.