Sport – salomatlik garovi
Fargʻona shahridagi «Istiqlol» stadionida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.
Fargʻona shahridagi «Istiqlol» stadionida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.
13 aprel kuni Fargʻona shahridagi «Istiqlol» stadionida sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga bagʻishlab oʻtkazilgan ommaviy sport tadbiri doirasida Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalarining 5 mingdan ortiq xodimi yugurish, faol yurish va velosayrda ishtirok etdi.
—Bunday ommaviy tadbirlardan maqsad aholi, jumladan, yoshlarni bevosita jismoniy tarbiya va sportga jalb etishbarobarida faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir, - deydi Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Odiljon Umarov. - Har hafta tashkil etilayotgan shunday ommaviy tadbirlarda men ham faol qatnashib kelmoqdaman.


