Sport malikalari musobaqasi
Termiz shahrida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha mamlakat birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahrida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha mamlakat birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida sport, xususan, xotin-qizlar va bolalar sportini rivojlantirish, ularni sportga keng jalb etish, salomatligini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Mamlakatimizda sportning boshqa turlari qatori badiiy gimnastika ham keng rivojlanmoqda. Olis qishloqlardagi bolalar sporti inshootlari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida ham badiiy gimnastika to‘garaklari tashkil etilayotir. Badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanish qizlarning qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllantirish, salomatligini asrash bilan birga, ularda iroda va o‘ziga ishonch tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Qiziqarli o‘tgan bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 14-15 yoshli qizlar o‘z mahoratini namoyish etdi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri sportchilari birinchi, samarqandliklar ikkinchi va Buxoro viloyati badiiy gimnastikachilari uchinchi o‘rinni egalladi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Jo‘rayev so‘zga chiqdi.