So‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro trening ish boshladi
Toshkentda jurnalist va muharrirlar uchun so‘z erkinligi, axborot olish imkoniyati, jurnalist xavfsizligi hamda etik standartga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
YUNESKO ko‘magida tashkil etilgan, mahalliy va xalqaro ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etayotgan tadbir dasturiga ko‘ra, ishtirokchilar so‘z erkinligining huquqiy chegarasi, davlat idoralari faoliyatini tanqid qilishning huquqiy asosi, shuningdek axborot olishda uchraydigan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
[gallery-28740]
– Anjumanda jurnalistlar uchun juda dolzarb mavzular muhokama qilinyapti, – deydi xalqaro ekspert, huquqshunos Joan Barata. – Xususan, so‘z erkinligi tushunchasining huquqiy asosi, ko‘lami va xalqaro inson huquqi tizimidagi o‘rni haqida fikr almashilyapti.
Tadbir davomida hamkasblarimiz jurnalistikada huquqiy va etik standart o‘rtasidagi farq, kasbiy mas’uliyat hamda media sohasida o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmi bo‘yicha ham muayyan ma’lumot oladilar.
D. Hakimov, N. Haydarov (surat), O‘zA