So‘xda sel aholi uylariga zarar yetkazdi
2021 yil 6 avgust kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanining tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va jala yog‘ishi natijasida suv toshqini yuzaga kelgan. Ayniqsa, 1-sektor hudududidagi Umbara, Devayron mahallalarida yuzaga kelgan suv toshqini ko‘p sonli fuqarolarning hovlilari, ekin maydonlari va qo‘shimcha binolariga zarar yetkazgan.
Devayron va Umabara mahalallaridagi sel yo‘li hududida joylashgan xonadonlarning ekin maydonlariga suv toshqini jiddiy zarar keltirdi Navobod mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Malbud massivi hududida ham suv toshqini yo‘llarni to‘sib qolishiga sabab bo‘lgan.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida tashkil etilgan tezkor shtab azolari darhol voqea joyida hozir bo‘lishib, sel oqibatida talofat ko‘rgan hududlarni tozalash maqsadida barcha texnika va kuchlar safarbar etildi. Eng asosiysi, aholi o‘rtasida talofat ko‘rganlar yo‘q, tabiiy ofat fuqarolarga zarar yetkazmagan.





M. Sulaymonov, O‘zA