So‘x daryosi suvi ham muzladi
Mahalliy aholi 40-50 yildan buyon daryoda bu kabi kuchli muzlash hodisalariga guvoh bo‘lmagan ekan.
[gallery-10306]
Go‘zal Farg‘ona marvaridi — So‘x tumanining maydoni 220,7 kvadrat kilometr, aholisi 80 mingdan ortiq. So‘x vohasining o‘rtasidan oqib o‘tguvchi So‘x daryosi Oloy tizma tog‘larida joylashgan 99 ta muzlik — qor suvlaridan to‘yinadi. Uning umumiy uzunligi 172 kilometr bo‘lib, daryodan Qirg‘izistonning bir qator mavzelari, Farg‘ona viloyatidagi Rishton, O‘zbekiston, Buvayda, Uchko‘prik, Dang‘ara, Oltiariq, Bag‘dod tumanlari ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi.
M.Sulaymonov,
O‘zA