Sovuq kunda yupun kiyingan bolalar
Ushbu suratlar 2022 yil 18 fevral kuni Namangan viloyati hokimi va viloyat sektorlari rahbarlarining yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi jarayonidan olingan.
Uchrashuvga Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan, Mingbuloq va Namangan tumanlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish boshlagan yoshlar yetakchilari taklif qilingan.
Davlatobod tumanidagi viloyat madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuv avvalida sportchilar ayni qish pallasida yupun kiyingan holda turli xil ko‘rgazmali chiqishlarni havola etgan. Nahotki, bunga tegishli hokimliklar, viloyat Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash hamda Turizm va sport boshqarmalari mutasaddilari befarq qaragan bo‘lsa?

Millat kelajagi haqida qayg‘urilayotgan, sog‘lom avlod kamolotiga e’tibor qaratilayotgan bir paytda bunday yoqimsiz holatlar ertamiz egalarining salomatligiga ta’sir qilmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
O‘ylaymizki, Namangan viloyatida kelgusida o‘tkaziladigan bu kabi ommaviy tadbirlarda yosh avlod salomatligiga jiddiy ahamiyat qaratilib, ayni shu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
O‘zA