Somalida politsiya idorasida portlash sodir etildi
Somali poytaxti Mogadishoda politsiya idorasida uyushtirilgan portlash olti kishining umriga zavol bo‘ldi, deb xabar berdi Somali milliy televideniyesi (SNTV) politsiya xabariga tayanib.
Xabarda aytilishicha, portlash yakshanba kuni poytaxtning Vaberi okrugida sodir etilgan. Minalashtirilgan mashina politsiya idorasi darvozasini buzib hovliga kirib kelgan. Natijada olti politsiyachi, jumladan, okrug politsiyasi rahbari ham halok bo‘lgan.