Solomon orollarida kuchli zilzila ro‘y berdi
Meteorologlar dastavval kuchli dovul (sunami) bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi, bir necha soatdan keyin esa xavf bekor qilindi. Hozircha halok bo‘lganlar va yirik vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan, biroq mahalliy OAV yozishicha, binolarga zarar yetgan. Sohil bo‘yida yashayotgan odamlar uzoqroqqa tepaliklarga qochishga majbur bo‘lgan.
Zilzila markazi deyilayotgan Malango shahri Solomon orollari poytaxti Xoniaridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Oroldagi aksariyat binolar chaylalardan iborat bo‘lib, zilzilaga bardoshli.
Yaqindagina Indoneziyaning Yava orolida vayronkor zilzila ro‘y bergan edi. O‘shanda 160 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat olgan.
Indoneziya ham, Solomon orollari ham Tinch okeanining olovli xalqasida joylashgan. Harakatdagi vulqonlarning aksariyati mazkur hududlarda, shu bois yer silkinishlari ko‘p kuzatiladi.