Soliqlar iqtisodiyotimiz tayanchidir!
Majburiy ijro byurosi G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida soliq va davlat foydasiga undiruvlar bo‘yicha bir qancha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida soliq va davlat foydasiga undiruvlar bo‘yicha bir qancha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Jumladan, G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 30.05.2019 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra qarzdor “G‘ijduvon agrotexservis” MChJdan undiruvchi G‘ijduvon tuman DSI foydasiga 41 mln. 343 ming so‘m soliq qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli “Damas” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, “E-ijro auksion” savdolari orqali 34 mln. 383 ming so‘mga realizatsiya qilinib, savdodan tushgan pul mablag‘lari soliq qarzdorligini qoplash uchun qaratilgan.
Shuningdek, qarzdor “Aripov Baxriddin Ilxomovich” YaTTdan undiruvchi G‘ijduvon tuman DSI foydasiga 14 mln. 540 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli “Odul” rusumli mikropechlar xatlangan edi.
Ushbu mol-mulklar realizatsiya qilingunga qadar qarzdor tomonidan soliq qarzdorligi to‘liq to‘lab berganligi sababli xatlangan mol-mulklar realizatsiya qilinmasdan qarzdorning o‘ziga qaytarildi.
Qarzdor “Qurbonova Gulbahor Obitovna” YaTTdan undiruvchi G‘ijduvon tuman DSI foydasiga 23 mln. 554 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli “Malibu” avtotransport vositasi xatlanib, hozirda mol-mulkni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Majburiy ijro byurosi G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning oktyabr oyining o‘zida soliq va davlat foydasiga jami 787 mln. so‘m undirilgan.